Главная / News / ABRTECH CA O‘zbekistondagi korxonalarga korporativ darajadagi IT infratuzilmasini qurishda ko‘maklashadi
Raqamli transformatsiya davrida biznesning muvaffaqiyati u tayanadigan texnologiyalarga bevosita bog‘liq. ABRTECH CA kompaniyasi O‘zbekistondagi korxonalar uchun ishonchli texnologik hamkor bo‘lib, axborot texnologiyalari sohasida keng qamrovli xizmatlarni taqdim etadi. Jamoa IT sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislarni o‘z safida birlashtirgan. Kompaniyaning asosiy maqsadi shunchaki “tayyor” yechimni sotish emas, balki har bir mijozga individual yondashish va biznes jarayonlariga aynan maksimal foyda keltiradigan vositalarni joriy etishdan iborat.
Kompaniya portfelida server va kompyuter tizimlari, muhandislik infratuzilmasi, korporativ tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar va sun’iy intellekt bilan ishlash platformalari mavjud. Xizmat ko‘rsatish faoliyati quyidagilar bilan to‘ldiriladi:
Kompaniyaning alohida yo‘nalishlari — korporativ ma’lumotlar himoyasi, moliya soxasidagi firibgarlikdan himoya, intellektual videokuzatuvni o‘z ichiga oladi.
Kompaniya 20 dan ortiq xalqaro IT ishlab chiqaruvchilarning yechimlari bilan ishlab, mijozlarga jahon darajasidagi texnologiyalarni joriy etishda ko‘maklashadi. Kompaniya faoliyatining asosini ishonchli va kengaytiriladigan infratuzilmani qurishga malakali yondashuv, shaffof ish sharoitlari va mijozlarning talablariga e’tiborli munosabat tashkil etadi. Bu biznes uchun qulay, chunki yagona integrator IT tizimlarni loyihalash va rivojlantirish, ularga yangi xizmatlarni, shu jumladan, sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarni integratsiya kilish yordam beradi.
Integrator o‘z oldiga biznesning barqaror o‘sishi uchun texnologik poydevor yaratish vazifasini qo‘yadi. Jamoa jahon tajribasi asosida IT tizimlar arxitekturasini loyihalashtiradi, uni joriy etadi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniyaning texnologik hamkorlari orasida IBM, Lenovo, Dell, Hewlett Packard Enterprise, NetApp, Pure Storage, Juniper Networks, Palo Alto Networks va boshqa ko‘plab xalqaro maxsulot ishlab chiqaruvchilari mavjud. Bunday hamkorlik biznesning aniq vazifalari va ko‘lamiga mos keladigan uskunalar, dasturiy ta’minot va xizmatlarni tanlash imkoniyatini yaratadi.
ABRTECH CA IBM kompaniyasining asosiy hamkori va uning O‘zbekistondagi yechimlarining tizim integratori hisoblanadi. Kompaniya IBM hamkorlari ekotizimiga kiradi va korporatsiyaning ma’lumotlar va sun’iy intellekt platformalariga asoslangan yechimlarini yetkazuvchi vazifasini bajaradi.
IBM biznesda sun’iy intellekt ilovalarini yaratish va boshqarish uchun Watsonx sun’iy intellektli ma’lumotlar platformasini ishlab chiqmoqda. U uchta mahsulotni o‘z ichiga oladi:
ABRTECH CA’ning vazifasi — ushbu texnologiyalarni o‘zbek kompaniyalari uchun tadbik qilish — arxitekturani (on-premise, cloud, hybrid cloud) tanlashda yordam berish, IBM yechimlarini mavjud tizimlar bilan integratsiyalash va ma’lumotlar saqlash va monitoringdan tortib tahlil va sun’iy intellekt xizmatlarigacha bo‘lgan jarayonlarni qurish. Amalda bularning barchasi mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
ABRTECH CA yechimlari O‘zbekistondagi kompaniyalarga infratuzilma, ma’lumotlar bilan ishlash va sun’iy intellekt xizmatlari yagona tizimga birlashtirilgan yaxlit va boshqariladigan IT muhitini qurishga yordam beradi. ABRTECH CA tizim integratori xavfsizlik va ma’lumotlar bilan ishlashni tashkil etish masalalarini o‘z zimmasiga oladi, biznes esa o‘z mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirishga e’tiborini qaratishi mumkin.
Shaklni to‘ldiring va mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishadi
Xizmat/Yechim*Intellektual videokuzatuvKorporativ maʼlumotlar himoyasiMoliyaviy firibgarlikdan himoyaServer tizimlariSI uchun platformalarMuhandislik tizimlariTarmoq infratuzilmasiKompyuter tizimlariDasturiy mahsulotlar
"Talabnoma yuborish" tugmasini bosish orqali shaxsiy ma’lumotlarimning qayta ishlanishiga rozilik beraman.